"Bitiruvchi – 2026": ilm chirog'i yana bir avlodni hayotga yo'lladi!
2026-yil 10-iyul kuni Guliston davlat universitetida yuksak ruh va g'urur bilan “Bitiruvchi – 2026” tantanasi bo'lib o'tdi.
Tadbirni universitet rektori M.Xodjiyev samimiy kirish so'zi bilan ochib, bitiruvchilarni oliy ta'lim sarhadini muvaffaqiyatli yakunlagani bilan qutlab, ularga hayotiy yo'llarida omad va yutuqlar tiladi.
Tantanada Sirdaryo viloyati hokimining o'rinbosari O.Mavlonberdiyev, universitet professorlari H.Qarshiboyev va R.Mahmudovlar so'zga chiqishib, yoshlarning bilim va salohiyatiga yuksak baho berib, ularni Vatan ravnaqi yo'lida fidoyilik bilan xizmat qilishga chorladilar. Shuningdek, talabalarning ilmiy izlanishlari va mustaqil tafakkurini rivojlantirishda universitet jamoasining rolini ta'kidlab, bitiruvchilarga ota-onalarcha mehr bilan nasihatlar qilishdi.
Imtiyozli diplom sohibi bo'lgan talabalarning ota-onalari farzandlarining matonati va tirishqoqligi, shuningdek ularni shu kunga yetkazgan ustozlarga minnatdorchilik bildirishdi.
Tadbirning eng kutilgan lahzasida — 2025/2026-o'quv yilida bakalavriat va magistratura ta'lim bosqichlarini muvaffaqiyatli tamomlagan yigit-qizlarimizga diplomlar topshirildi.
Guliston davlat universiteti yana bir barkamol avlodni hayotga – katta orzular, buyuk rejalar va yorqin kelajak sari kuzatdi!
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文

