Millatlar doʻstligi va bagʻrikenglik gʻoyalari sanʼat orqali targʻib qilinmoqda

#DoʻstlikFest2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF–22-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida 30-iyul – Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan oʻtkazilayotgan “Doʻstlik” festivali tadbirlari doirasida Guliston davlat universiteti tomonidan navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

2026-yil 28-iyul kuni Xovos tumanidagi 8-son umumtaʼlim maktabida Guliston davlat universiteti Sanʼatshunoslik fakulteti "Anʼanaviy xonandalik va xalq cholgʻulari" kafedrasi mudiri B.Xodjakulov rahbarligidagi ijodiy jamoa tomonidan maktab pedagoglari hamda toʻgarak ishtirokchilari uchun konsert dasturi va mahorat darslari oʻtkazildi.

Tadbir davomida "Anʼanaviy xonandalik va xalq cholgʻulari" kafedrasi professor-oʻqituvchilari va talabalari tomonidan ijro etilgan milliy kuy-qoʻshiqlar ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat ulashib, millatlararo doʻstlik, oʻzaro hurmat va bagʻrikenglik gʻoyalarini keng targʻib etishga xizmat qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Studentmisiz?