E’LON!!!
Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlimdan keyingi
taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil
22-maydagi 304-son qarori va Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirining “O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari
hisobigastajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga o‘qitish
bo‘yicha 2027-yil uchun qabul kvotalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2026
yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘iga asosan Guliston davlat universiteti doktorantura
(DSc) va tayanch doktorantura (PhD) uchun qabul e’lon qiladi! Talabgorlar 2026
yil 15-sentyabrdan 15-oktyabrga qadar yagona elektron tizim (daraja.ilmiy.uz) orqali
quyidagi hujjatlarni yuklashlari so’raladi:
Doktorantura (DSc) uchun:
-
ariza;
-
qisqacha
biografik maʼlumotnoma (obyektivka);
-
fan
nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga
tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
-
tadqiqot
mavzusi boʻyicha ilmiy maʼruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish
uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
-
nashr
etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (havolasi bilan
birga).
-
Talabgorlarning
mehnat daftarchasining nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun) va oliy maʼlumot
toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlari
Tayanch doktorantura (PhD) uchun:
-
ariza;
-
qisqacha
biografik maʼlumotnoma (obyektivka);
-
oliy
taʼlim muassasasi bakalavri va magistraturasi diplom maʼlumotlari;
-
nashr
etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (havolasi bilan
birga).
-
Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini
taqdim etadilar.
- Talabgorlarning mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun)

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文

