Yangi o‘quv yiliga bag‘ishlandi
2026-yilning 28-avgust sanasida Gulsiton davlat universiteti Kengashining yangi-2026/2027 o‘quv yilidagi ilk majlisi “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida kengaytirilgan tarzda o‘tkazildi.
Mazkur tadbirni universitet rektori, Kengash raisi M.Xodjiyev ochib berdi va olib bordi. Kengash raisi kirish so‘zida jamoani Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz-Mustqilligimizning 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
Shundan so'ng yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. O'tgan o'quv yilida bajarilgan ishlar sarhisob qilinib, 2026/2027-o‘quv yilida o‘quv, uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy hamda moddiy-texnik bazani yanada yaxshilash yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan prorektorlar, bo‘lim boshliqlari va tajribali professor o‘qituvchilar ham so‘zga chiqishib o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Kengashda mukofot va sovrindorlar, ilmiy daraja, ilmiy unvon, shuningdek turli tanlovlar g‘oliblar taqdrilanishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



