Guliston davlat universitetida yangi o‘quv yili boshlandi


2026-yilning 7-sentabr kuni Guliston davlat universitetida Yangi 2026/2027-o‘quv yilining ochilish marosimiga bag‘ishlangan “Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor M.T.Xodjiyev ochib berdi va tabrik nutqini so‘zladi. Universitet rektori tabrik so‘zida barcha rprofessor-o‘qitvuchilarni, talaba-yoshlar va ota-onalarni jonajon O‘zbekistonimiz Mustaqilligining 35 yilligi bilan tabriklab, 2026/2027-o‘quv yilida universitet jamoasining maqsad va vazifalari haqida qisqacha fikr bildiri.

Tadbir davomida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi raisi Pokiza Axmedjanova, viloyat Nuroniylar jamg'armasi raisi O'tbosar Abdiyev, mehnat faxriysi Sobirjon Usmonov, universitet professori Ravshanbek Mahmudov, o'quv ishlari bo'yicha prorektor Fazliddin Sharipov, shoir Alisher Nur, universitet yoshlari yetakchisi Yorqinjon Hayitboyev, 4-bosqich talalaridan "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti sovrindori Jasmina Sheraliyeva, "Yil talabasi" tanlovi g'olibi Sohibjon Habibullayev, 1-bosqichga qabul qilingan talaba Mohinur Eshnurodovalar tabrik so‘zlari bilan ma’ruza qilishdi.


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Studentmisiz?