Talaba qizlar bilan TTJ da navbatdagi uchrashuv

2026-yil 14-sentyabr kuni Guliston davlat universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Sultonova hamda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor S.Tursunboyeva tomonidan universitetning 2-son talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba qizlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida talaba qizlar bilan o‘tgan davr mobaynida yuzaga kelgan ijobiy va salbiy holatlar, ularning muammolari, taklif va mulohazalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, uchrashuvda oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari, xususan, talabalarning kiyinish madaniyati, muomala va o‘zini tutish odobi; talaba qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Qizlarjon” klubini faoliyati kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Studentmisiz?