Talaba qizlar bilan TTJ da navbatdagi uchrashuv
2026-yil 14-sentyabr kuni Guliston davlat universiteti
Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Sultonova hamda Xotin-qizlar masalalari
bo‘yicha inspektor S.Tursunboyeva tomonidan universitetning 2-son talabalar
turar joyida istiqomat qilayotgan talaba qizlar bilan navbatdagi uchrashuv
tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talaba qizlar bilan o‘tgan davr mobaynida yuzaga kelgan
ijobiy va salbiy holatlar, ularning muammolari, taklif va mulohazalari
yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, uchrashuvda oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari,
xususan, talabalarning kiyinish madaniyati, muomala va o‘zini tutish odobi;
talaba qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va
iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Qizlarjon” klubini faoliyati kabi
masalalarga alohida e’tibor qaratildi.




Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文


