Guliston davlat universitetiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari O‘ktam Salomov tashrif buyurdi
2026-yil 23-sentabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining
o‘rinbosari O‘ktam Raximovich Salomov Guliston davlat universitetiga
tashrif buyurdi.
Tashrif davomida universitet hayotining ikki muhim yo‘nalishi — kuz-qish
mavsumiga puxta tayyorgarlik va yoshlarning innovatsion tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Dastlab,
universitetning kuz-qish mavsumini barqaror va xavfsiz o‘tkazishga
tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi. Xususan, qozonxonalar, energiya ta’minoti
tizimi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda texnika xavfsizligi
vositalarining shayligi o‘rganildi.
Mas’ul xodimlar bilan muloqotda tizimlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash,
aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda xavfsizlik talablariga
qat’iy rioya qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Shundan so‘ng vazir o‘rinbosariga “Ilmiy yutuqlar va innovatsion ishlanmalar
yarmarkasi” hamda “InnoWeek-2026” ko‘rgazmasi doirasida universitet
yoshlari tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli startap loyihalar taqdim
etildi.
O‘ktam Salomov har bir loyiha bilan birma-bir tanishib, uning mazmuni,
amaliy ahamiyati, innovatsion jihatlari va kelgusidagi rivojlanish
imkoniyatlari yuzasidan loyiha mualliflari bilan suhbatlashdi.
Yoshlarning g‘oyalari qo‘llab-quvvatlanib, loyihalarni yanada takomillashtirish
va amaliyotga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, startap
loyihalar mualliflari “InnoWeek-2026” haftaligi doirasidagi tadbirlarda
ishtirok etishga taklif qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



