Guliston davlat universitetiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari O‘ktam Salomov tashrif buyurdi

2026-yil 23-sentabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari O‘ktam Raximovich Salomov Guliston davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida universitet hayotining ikki muhim yo‘nalishi — kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik va yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.

 

Dastlab, universitetning kuz-qish mavsumini barqaror va xavfsiz o‘tkazishga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi. Xususan, qozonxonalar, energiya ta’minoti tizimi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda texnika xavfsizligi vositalarining shayligi o‘rganildi.
Mas’ul xodimlar bilan muloqotda tizimlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash, aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng vazir o‘rinbosariga “Ilmiy yutuqlar va innovatsion ishlanmalar yarmarkasi” hamda “InnoWeek-2026” ko‘rgazmasi doirasida universitet yoshlari tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli startap loyihalar taqdim etildi.

O‘ktam Salomov har bir loyiha bilan birma-bir tanishib, uning mazmuni, amaliy ahamiyati, innovatsion jihatlari va kelgusidagi rivojlanish imkoniyatlari yuzasidan loyiha mualliflari bilan suhbatlashdi.

Yoshlarning g‘oyalari qo‘llab-quvvatlanib, loyihalarni yanada takomillashtirish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, startap loyihalar mualliflari “InnoWeek-2026” haftaligi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etishga taklif qilindi.

 


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Studentmisiz?