Oliy ta'lim muassasalari xodimlari va talabalarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlarning yuridik xizmati to’g’risida”gi nizomga asosan yuridik xizmat faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri davlat organlari va tashkiloti xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etishi belgilangan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan xolda Adliya vazirligining huquqiy targ’ibot va ma’rifatni amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlaridan foydalanish maqsadida hozirda aholi o’rtasida keng tarqalgan “Telegram” messendjerida “Huquqiy axborot” (t.me/huquqiyaxborot) kanali ochildi.
Kanalda qabul qilingan yangi qonun hujjatlari to’g’risda, shu jumladan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi hamda O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy islohatlar konsepsiyasi doirasida qabul qilinayotgan sharhlar, huquqiy infografikalar va aholiga qiziq bo’lgan huquqiy masalalar bo’yicha ma’lumotlar qisqa matnlarda berib boriladi.
Adliya vazirligi huquqiy axborotga, qonunchilikdagi yangiliklarga ehtiyoji bor, bunday yangiliklar bilan doimiy tanishib borish istagida bo‘lgan raxbar va professor-o’qituvchi hodimlar hamda talabalar telegramdagi “Huquqiy axborot” kanaliga a’zo bo‘lishga chaqiradi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
