14465
Jami talabalar soni
6932
Kunduzgi ta'lim
7202
Sirtqi ta'lim
20
Kechki ta'lim
285
Magistratura
26
Xorijiy talabalar
Mustaqillik xalqimiz tarixidagi buyuk o’zgarishlardan biri bo’lib, u o’zligimizni anglash, qadriyatlarimizni tiklash, ma’naviy boyligimizdan bahra olishga keng imkoniyatlar yaratdi. Mustaqillik yillarida xalqimizning qadimiy an’analarini o’rganish va vatanparvarlik tuyg’usini o’stirish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Shunday ezgu amalga oshirilgan ishlardan biri bu ma’naviy sohada qilinayotgan islohatlar va o’zgarishlardir.
Barcha o’tmish va hozirgi zamon mamlakatlari davlat tuzumida ta’lim tizimi, ya’ni jamiyat kishilarini kamoloti masalasi bosh mavzu bo’lib kelgan. Jumladan respublikamizda ham ayni chog’da jamiyatimizni barkamol, ma’naviy etuk kishilarini kamol toptirish mavzusi eng dolzarb ijtimoiy mavzulardan biridir.
O’tmishda ta’lim tizimi sohasida turli diniy-dunyoviy g’oya va ta’limotlar yaratilgan. Jahon fan va madaniyatining qadimiy markazlaridan biri bo’lmish Turon zaminda ham shunday ta’lim-tarbiya nazariyalari yaratilganki, ular haqiqatda komil insonlar tarbiyasi masalasi tadqiqoti bilan mashg’ul bo’lganlar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta’kidlab o’tganlaridek: “Yurtimizda tadbirkorlik sohasida yaratilayotgan qulay sharoitlardan foydalanib, yoshlarni o’z mustaqil ishini ochishga da’vat qilih - bu dinimiz buyurgan yaxshi amallardan biri.
“Diling – Allohda, qo’ling – mehnatda bo’lsin” degan da’vat buyuk Bahouddin Naqshband bobomiz tomonidan ayni shu maqsadda aytilgan, desak, o’laymanki, adashmagan bo’lamiz”.
Bahouddin Naqshband islom olamida “Bahouddin Balogardon”, “Hazrat Bahouddin”, “Shohi Naqshband”, “Xoja Bahouddin”, “Hojai Buzrug” va “Hoja ul-Haq va din” kabi sharafli nomlar bilan mashhur bo’lgan. Manbalarda Bahouddin Naqshbandning ismi-sharifi turlicha nomlar bilan zikr etiladi. Alisher Navoiy yozadi: “Alarning oti Muhammad bin Muhammad Buxoriydur”. Asoslisi Bahouddin Muhammad ibn Burhoniddin Muhammad al-Buxoriydir. Burhoniddin Muhammad va Bibi Orifalar oilasi Janubiy-G’arbiy Turkistonning XIV asr boshlaridagi bosh shaharlari Buxoroda – “Qasri Hinduvon”, keyinchalik “Qasri Orifon”da, Qarshi, Zanjirsaroy, Kesh (Shahrisabz)da yashagan hamda ziroatchilik, kimxobdo’zlik bilan kun kechirgan. Bahouddin padari buzrukvorining Burhoniddin Muhammad sharafli unvoni u zot zamonasining o’qimishli, ma’rifatli va o’ta taqvodor, so’fiy - oriflar, darveshlar, shu jumladan Boboyi Samosiy, Amir Sayyid Kulollar davralarida irfoniy muloqot muhitida yurgan inson bo’lganligi haqida xulosa chiqarish uchun asos bo’la oladi.
Sayyid Muhammad Bahouddin Naqshband hijriy 718 yil mezon oyida (milodiy 1318 yil avgust-sentyabr) Buxorodan 12 chaqirim naridagi Qasri Xinduvon kishlog’ida kosib oilasida dunyoga keladi. Keyinchalik qishloq chetidagi Bahouddinning onalari xoki qo’yilgan qabr va uning qoshidagi masjid hamda atrofidagi qishloq Qasri Orifon nomi bilan tarixga kirgan.
“Bahouddin” u kishining faxriy nomlari bo’lib, dinu-islomda erishgan yutuqlari uchun xalq tomonidan berilgan bo’lib, ma’nosi “dinning nuri”, “dinga ravshanlik beruvchi” demakdir. Butun hayoti davomida o’zining karomati, duoi hofizasi bilan xalqni turli hil ofatu-balolardan saqlab yurgani uchun xalq u kishini “Bahouddin Balogardon” (Balolarni daf etuvchi Bahouddin) deb ulug’lagan. Xalq ommasi orasida yuqoridagi sharafli nomlar orasida Bahouddin Balogardon eng mashhuridir.
Xojaning “Naqshband” kuniyasi esa arabcha “naqsh”, forscha “band” so’zlarining birikmasidan yasalgan bo’lib, “naqsh soluvchi”, “naqsh bog’lovchi” degan ma’nolarni bildiradi.
Avvalo, Naqshband nomi hazratning kasbi-koridan olingan. U kishi kosib oilasida dunyoga kelganlar, o’zlari ham hunarmandchilik bilan mashg’ul bo’lganlar. Alisher Navoiy “Nasoim-ul-mahabbat” asarida yozadi: “Kimxob naqshini bog’lamoqqa mashhurdirlar, ya’ni matoga gul bosish hunari bilan mashg’ul bo’lganlar”.
Qolaversa, qator (masalan: Izzat Sulton, Orif Usmon, Sadriddin Salim Buxoriy va boshqalar) sharqshunos, islomshunos, adabiyotshunos va tarixshunoslarning fikricha, naqshband nomi “naqshband bar dil band”, ya’ni ko’ngilga Alloh taolo zikrini naqsh aylashdir. Demak, “naqshband” so’zining mazmuni yurakda, qalbda Alloh nomini o’yib yozish, joylash, naqshlashni ifoda etadi.
Bahouddin Naqshband hazratlari ham nasab, ham hasab tomonlama, ya’ni ham “silsilai nasab”, ham “silsilai zahab” (oltin zanjir), turli, o’nlab, hatto yuzlab shajaralarda turli juz’iy va tariqatiy tafovutlarga qaramay oxir-oqibatda Muhammad payg’ambarimizga bog’lanadi.
Sobirjon Ismoilov.
Guliston davlat universiteti, “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi mudiri, dotsent.
Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi
KirishTalabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
KirishOliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi
KirishIkkinchi mutaxassislikka shartnoma olish
KirishTalabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)
KirishInteraktiv xizmatlar ro'yxati
KirishIT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi
KirishMurojaat yuborish
KirishKelajak kasblarini egallang!
KirishOliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati
KirishBakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
Kirish