Ekoturizm loyihasi o’tkazildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3514-sonli Qarori, hamda Sirdaryo viloyat hokimiligi Yoshlar masalalari bo’yicha viloyat idoralararo Kengashi yig’ilishi
2018 yil 26 may kunidagi 38-1-137-sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 30 may kuni “O’zbekiston bo’ylab sayohat qil!” aktsiyasi doirasida “Eko turizm” loyihasi hamda “Yoshlar velomarafoni” tashkil etildi.

Guliston davlat universiteti va “Yoshlar ittifoqi” viloyat Kengashi tomonidan o’tkazilgan “Eko turizm” aktsiyasida viloyatning barcha tuman va shaharlaridan 100 dan ortiq maktab o’quvchilari qatnashdilar.

O’quvchi yoshlarga turizmni turli yo’nalishlari, yurtimizdagi tarixiy qadamjolar, tabiiy boyliklar, sayyohlik va uning iqtisodiy taraqqiyotdagi ahamiyati mavzularida ma’ruzalar qilindi.

Ishtirokchilar 8 xil yo’nalishda baholanib, g’oliblar turizmni targ’ib qiluvchi turli xil qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Aktsiya yakunida o’quvchi-yoshlarga Guliston shahridagi “Bilimdonlar maskani”da galakontsert dasturinamoyish etildi. 

Guliston Davlat Universiteti Guliston Davlat Universiteti

Guliston Davlat Universiteti Guliston Davlat Universiteti

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?