Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz

2018 yil 1 iyun kuni soat 15-30da universitetda Sirdaryo viloyati huquq-tartibod idoralari xodimlari bilan universitet professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirokida “Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz” mavzusidayig’ilish o’tkazildi

Yig’ilish boshida “Tafakkur ehtiyoji” nomli film namoyish etildi.

Yig’ilishda so’zga chiqqan ma’ruzachilar ayrim fuqarolarimiz, ayniqsa, yoshlarimizning bilib-bilmay diniy ekstremistik va terroristik oqimlar tuzog’iga tushib qolayotgani, ular o’z ota-onasi, oilasi va farzandlarining yuziga oyoq bosayotganini aytib, yo’ldan adashgan yoshlarning qilmishlari haqida kuyunib gapirdi. Qur’on va Xadislardan namunalar keltirdi. Ular hayot ne’matlarning qadri uni yo’qotgandan so’ng bilinadi, ya’ni bugungi kundagi mamlakatimizdagi tinchlik, farovonlik, osuda hayotimizning qadriga etishimiz, turli buzg’unchi g’oyalar ta’siriga tushib qolmasligimiz uchun doim o’qish, o’z ustida ishlash, diniy va dunyoviy bilimlarini o’rganib borish lozimligi haqida gapirib o’tdi. Biz barchamiz bugungi O’zbekistonda bo’layotgan tinchlik va farovonlik, osuda hayot, farzandlarimizning baxtli yashayotganiga shukurona keltirishimiz, yurtimizdagi iqtisodiy o’zgarishlar, xalq uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan to’g’ri foydalanishimiz, yoshlarimiz faqat bilim olib o’z kasblarini puxta egallashlari lozim ekanligini ta’kidlab o’tdi.

Yig’ilishda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor R.Mahmudov, O’zbekiston DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi 2 nafar  xodimlari, Sirdaryo viloyati bosh imom xatibi o’rinbosari F.Roxmonov, Sirdaryo viloyati “Mahalla” JF raisi o’rinbosari S.O’daeva, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sirdaryo viloyati bo’limi boshlig’i G’.Yusupov, Guliston shahar IIB XPB TP profilaktika inspektori A.Usmonov, Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi huquqshunosi Sh.Xudoyorov, professor-o’qituvchilar va 542 nafar talabalar ishtirok etdi.

Guliston Davlat Universiteti Guliston Davlat Universiteti

Guliston Davlat Universiteti Guliston Davlat Universiteti

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?