Zulfiyaxonim qizlari bilan ijodiy uchrashuv
2018 yil 5 iyun kuni Guliston shahar, A.Navoiy nomidagi “Bilimdonlar” maskanida viloyatimizdan Zulfiya mukofoti sovrindorlari bo’lgan ijodkor qizlar bilan universitet talabalarining ijodiy uchrashuvi o’tkazildi.
Uchrashuvda ma’ruzachilar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi Farmoniga asosan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalar, mazkur mukofotga sazovor bo’lish uchun qizlarimiz nimalarga e’tibor qaratishlari lozim ekanligi haqida, joriy yilda Xalqaro-xotin qizlar kuni arafasida yurtboshimiz qaroriga binoan Sirdaryo viloyatidan 2 nafar iste’dod sohibalari ana shu yuksak mukofotga sazovor bo’lganligini ta’kidlab o’tishdi.
Uchrashuv davomida Guliston san’at kolleji 2-bosqich o’quvchisi, Zulfiya mukofoti sovrindori Madinabonu Mamirova va universitetda tahsil olayotgan ijodkor talabalar tomonidan she’r va qo’shiqlar ijro etildi..
Uchrashuvda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor R.Mahmudov, Guliston shahar Xotin-qizlar qo’mitasi raisi N.Tojiboeva, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir A.Tog’aev, Pedagogika fakulteti dekani, dotsent M.Mamatqulov, “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti Q.Kubaev, dekan o’rinbosarlari, professor-o’qituvchilar va 395 nafar talabalar ishtirok etishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
