Abiturientlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 11 iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan “O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o'tab bo'lgan fuqarolarni oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish tartibi to'g'risidagi Nizom”ga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o'tab bo'lgan, harbiy qismlar qo'mondonligining tavsiyanomalariga ega bo'lgan barcha fuqarolarga respublikaning barcha oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga o'qishga kirishda test sinovi natijalari bo'yicha o'zlari to'plagan ballning 50 foizi miqdorida qo'shimcha ball shaklidagi imtiyoz berilishi belgilangan.
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2018 yil 30 iyundagi 87-02-1605-sonli xatiga asosan mazkur harbiy qismlar qo'mondonligining tavsiyanomalariga ega bo'lgan barcha fuqarolarga tavsiyanoma asosida berilgan imtiyoz test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali o'qishga qabul qilish belgilangan ta'lim yo'nalishlari uchun amal qilinmasligini ma'lum qilamiz!

Guliston Davlat Universiteti

Qabul komissiyasi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?