Dunyoni sehrlagan mato
3.03.2021-yil sanasida "Ishlab chiqarish texnologiyalari" fakul'teti faollar zalida universitet Xotin-qizlar Kengashi tashabbusi bilan milliy matolarimizni targ‘ib qilish talabalar qalbida vatanga bo‘lgan muhabbat hissini shakllantirish hamda kiyinish madaniyatini keng yoyish maqsadida "Ishlab chiqarish texnologiyalari" va "San'atshunoslik" fakul'tetlari talaba qizlari ishtirokida "Dunyoni sehrlagan mato" nomli tadbir o‘tkazildi. Tadbirda milliy matoyimiz bo‘lmish "Atlas" va "Adras" matolari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Talaba qizlarimiz tomonidan ijro etilgan musiqa va raqslar barchada yaxshi ta'surot qoldirdi. Tadbirda 120 nafar talabalar ishtirok etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
