Senator bilan uchrashuv
Guliston davlat universiteti “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi talabalari bilan O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati a’zosi, kafedraning sobiq o‘qituvchisi Farxodjon Boqiyev bilan uchrashuv bo‘lib o’tdi. Uchrashuvni “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi mudiri Shavkat Kenjayev kirish so‘zi bilan ochdi. Professor Ravshanbek Mahmudov yangi darsligini senatorga sovg‘a qildi.
Senat a’zosi Farxodjon Boqiyev qabul qilinayotgan yangi Qonunlar, ularni tayyorlanish jarayonlari haqida qiziqarli, mazmunli ma’ruza qildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘pdan-ko‘p savollarga javob oldilar. Senat a’zosi Farxodjon Boqiyevning talabalar, o‘qituvchilar uchun o‘tkazgan mahorat darsi juda qiziqarli bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
