Guliston shahrida sudyalar tomonidan tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi

Guliston shahar, Ulug‘yo‘l MFY, Sadaf ko‘chasi, 61-uy manzilida joylashgan MChJ shaklidagi “Jiashili-Guliston kimyo sanoati” qo‘shma korxonasi binosida shaharda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan “Sud huquq sohasini isloh qilish, xususan investitsiyaviy nizolarni ko’rishga oid qonunchilikdagi so’nggi yangiliklar” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Uchrashuvda, Sirdaryo viloyat sudi raisi o’rinbosar A.Raximov, Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlov hay’ati sudyalari I.Xakimov, E.Soibnazarov va Guliston tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Nabiev hamda sudyalari N.Abdullaev, M.Tog’aev, Sirdaryo viloyat Markaziy bank va Sirdaryo viloyat davlat soliq boshqarmasi vakillari hamda shaharda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida, Sirdaryo viloyat sudi raisining o’rinbosari iqtisodiy sudlov hay’ati raisi A.Raximov so’zga chiqib, Respublikamizning eksport salohiyatini oshirish, eksportchi korxonalarni moliyaviy qo’llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, milliy mahsulotlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini mustahkamlash va valyuta tushumlarini ko’paytirish, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o’rganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini belgilab olish bo’yicha 2021-yil 20-avgust kuni o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-sentyabrdagi “Eksportchi korxonalarni rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-6306-son Farmoni qabul qilinganligini ma’lum qilib, ushbu Farmonning maxmun-mohiyatini tushuntirib o’tdi.

Bundan tashqari, Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo’yicha sudyasi I.Xakimov so’zga chiqib, 2021-yil 20-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvda jarayonida mamlakatimizda har yili yaratilayotgan ish o’rinlarining 90 foizi xususiy sektor hissasiga to’g’ri kelishini ta’kidlaganligini, Hozirgi kunda ushbu tarmoqda 5 milliondan ziyod aholi, ayniqsa, yoshlarimiz mehnat qilayotgani uning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy hayotimizdagi o’rni ham ortib borayotganini ko’rsatganligini, Shu boisdan ham agar biz iqtisodiyotimizni, ijtimoiy sohani yanada yuksaltiramiz desak, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratib berishimiz zarurligini ta’kidlab o’tganligini, Soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish va soliq qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlikni liberallashtirish orqali ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o’rganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini belgilab olish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 sentyabrdagi “Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik sub’ektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6307-sonli Farmoni qabul qilinganligini ma’lum qilib, ushbu Farmonning maxmun-mohiyatini yuzasidan o’z fkir muloxazalarini bildirib o’tdi. Shuningdek, Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo’yicha sudyalari  E.Soibnazarov hamda Guliston tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Nabiyev va sudyalari N.Abdullayev, M.Tog’ayevlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 sentabrdagi “Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi pf-6313-sonli  Farmoni qabul qilinganligini ma’lum qilib, ushbu Farmonning maxmun-mohiyatini yuzasidan tushuntirishlar berib o’tdi. Uchrashuv so’ngida, yuqorida ta’kidlab o’tilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari bo’yicha ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga sudyalar tomonidan tegishli javoblar berildi.

Nurulla Abdullayev

Guliston tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi

 

(Manba: http://sxabar.uz/)

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?