“Gender tenglik-davr talabi”

Guliston davlat universiteti Ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti va viloyat IIB amkorligida “Gender tenglik-davr talabi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Guliston davlat universiteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, Xotin-qizlar Kengashi raisi N.Sultonova, fakultet Xotin-qizlar masalalari boyicha dekan maslahatchisi N.Sherqulova, fakultet professor o‘qituvchilari va talaba qizlar hammda viloyat IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimi padpolkovnik Abduhamidova Saida Abduraxmonovna, Xuquq profilaktika bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari padpolkovnik Mirzabekova Gulnoza Xaydarqulovnalar ishtirok etishdi. Tadbir davomida IIB dan tashrif buyurgan A.S.Abduhamidova va viloyat IIB HPB boshlig‘i o’rinbosari G.X.Mirzabekova O‘zbekistonda Gender tenglik siyosati va 02.09.2019-yildagi “Xotin –qizlarning tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 561-sonli qarori va uning Sirdaryo viloyatidagi ijrosi to‘laqonli yoritib berildi. Tadbirda fakultet “Qizlar klubi” faoliyatini yorituvchi klub a’zolarining chiqishlari yig‘ilganlarda katta ta’surot uyg‘otdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?