Sen aziz va muqaddassan, ayol!
2022-yil 5-mart kuni Guliston davlat universitetining Madaniyat saroyida “Sen aziz va muqaddassan, ayol!” shiori ostida 8-mart “Xalqaro xotin qizlar kuni” munosabati bilan bayram kechasi tashkil etildi.
Bayramni universitet rektori professor M.Xodjiev bayram tabrigi bilan ochib berdi. Tadbirda universitet Kasaba uyushmasi raisi A.Yusufaliev tabrik nutqi so‘zlagach bir guruh faol ayol proffessor-o‘qituvchilar bayram sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Bayramning badiiy qismida “San’atshunoslik” fakulteti talabalari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
