Talabalar bandligiga e’tibor qaratildi
Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyevning talaba-yoshlar bilan ochiq mulqoqt shaklidagi uchrashuvlarining navbatdagi manzili Yangiyer shahrida joylashgan Pedagogika fakultetida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda talabalarning o‘quv faoliyatini yanada yaxshilab borasidagi takliflari tinglandi. Maktabgacha ta’lim yo‘anlishi talabalarining bandligi ta’minlash maqsadida, Davlat sherikchilik asosidagi xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan kelishuv doirasida, darsdan bo‘sh vaqtlarida ularni bog‘chalarga jalb qilinishi yo‘lga qo‘yildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
