Mehnat yarmarkasi o'tkazildi!
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yining 4-mart kuni oliy oʻquv yurtlari talabalari bandligini taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, bugun, 29-mart kuni Guliston davlat universitetida talabalar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etiladi. Unda, viloyatdagi barcha tuman-shaharlardagi talabalar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lgan korxona va tashkilotlar, jumladan tadbirkorlik subektlari ishtirok etishdi. Yarmarka mobaynida talabalar uchun — aholi bandligini oshirishga yo‘naltirilgan qator maqsadli kompleks dasturlar, chorvachilik, xizmat ko‘rsatish, kasanachilik va boshqa yo‘nalishlardagi taqdimotlar o‘tkazildi hamda huquqshunoslar tomonidan mehnatga oid qonunlarga sharhlar, huquqiy maslahatlar berildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
