Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlandi
08.04.2022-yil sanasida Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet tashabbusi bilan Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilliga bag‘ishlangan ma’naviy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda fakultet o’rinbosari Abdushokir Abduraxmanov, Ma'naviyat va ma'rifat markazi Guliston shahar bo'limi boshlig'i Ikrom Norbekov, Tarix kafedrasi katta o‘qituvchisi Ulug’bek Mirzaliyev va tarix ta’lim yo‘nalishining faol talabalari Sohibqironning umr yo‘li va qoldirgan ma’naviy merosi haqida nutq so‘zlashdi.
Tadbirning ikkinchi qismida Tarix yo‘nalishi talabalari tomonidan Amir Temur faoliyatiga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan chiqishlar namoyish etildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
