Guliston shahri va Guliston tumanida joylashgan umumta’lim maktablariga metodik yordam berish ishlari davom etmoqda
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi “Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi F-22-sonli Farmoyishi, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 5-apreldagi “Maktab ta’limini isloh qilish bo‘yicha yil boshida belgilangan topshiriqlar ijrosi, yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar”ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi A.Abduvohidov tomonidan 2022-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi hamda umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, metodik qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchilarni oliy va kasbiy ta’limga yo‘naltirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish, universitet va maktablar o‘rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani ta’minlash maqsadida, Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi 19 ta va Guliston tumanidagi 34 ta umumta’lim maktablariga metodik yordam berish bo‘yicha universitetning rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilaridan iborat shtab tashkil etilsigan. Guliston davlat universitetida mazkur shtab a’zolari va maktab direktolrlarining navbatdagi maslahat uchrashuvi tashkil etildi. Unda universitet rektori M.Xodjiyev kun tartibidagi masala yuzasidan fikr bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
