KORRUPSIYA-KELAJAK ZAVOLI

05.05.2022-yil sanasida Guliston davlat universitetida Guliston shahar hokimligi va Guliston shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda “Korrupsiya-kelajak zavoli” mavzusida huquqiy-profilaktik tadbir o‘tkazildi.

            Tadbirni universitet rektori M.T.Xodjiyev olib bordi. Tadbirda Guliston shahar hokimi T.T.Dadabayev jonajon diyorimizda korrupsiya illatiga qarshi keng ko‘lamdagi ishlar olib borilayotganligi, bu boradagi ishlarda universitet professor-o‘qituvchilar jamoasi ma’naviy targ‘ibotchi sifatida asosiy vazifani bajarishlari lozimligi borasida fikr bildirdi.

O‘z navbatida Guliston shahar prokurori Sh.E.Artikbayev mazkur masala yuzasidan chiqish qilib, so‘ngi yillarda yurtimizda korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash ketayotganligi, mazkur illat yildan-yilga kamayib borsada, hamon uchrab turayotganligini qayd qilib, muhtaram yurtboshimiz tomonidan 2019-yildan boshlab oliy ta’lim sohasini korrupsiyadan holi sohaga aylantirish borasidagi tashabbuslari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

            Kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?