14465
Jami talabalar soni
6932
Kunduzgi ta'lim
7202
Sirtqi ta'lim
20
Kechki ta'lim
285
Magistratura
26
Xorijiy talabalar
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimiz taraqqiyoti hamda inson huquq va erkinliklarini taʼminlashdagi ahamiyati beqiyosdir. Konstitutsiyada mustahkamlab qoʻyilgan inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlashda, jamiyatda qonuniylik va sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlashda alohida oʻrin tutadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasiga asosan sudyalar mustaqil ekanligi, faqat qonunga boʻysunishlari, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmasligi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Sudyalarning mustaqil va faqat qonunga boʻysungan holda ish yuritishlarining konstitutsiya darajasida kafolatlanishini asosiy sabablaridan biri - sud hokimiyatiga boshqa hech qaysi organ vakolatiga taalluqli boʻlmagan huquq - odil sudlovni amalga oshirish huquqi berilganligi bilan bogʻliqdir. Zero, mamlakatimiz hayotida, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini toʻliq taʼminlanishiga erishishda odil sudlovning ahamiyati beqiyosdir. Odil sudlov jamiyat hayotida, jamiyat aʼzolarini huquqiy madaniyati va huquqiy ongini yuksaltirishda, insonlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Istiqlolning dastlabki yillarida Konstitutsiyada nazarda tutilgan sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga boʻysunishi tamoyilini amalga oshirishga qaratilgan qator qonunlarimiz qabul qilindi. 1994-yilda qabul qilingan Jinoyat kodeksi, Jinoyat protsessual kodeksi, Maʼmuriy javob-garlik toʻgʻrisidagi kodeks hamda 1997-yilda qabul qilingan Fuqarolik protsessual va Xoʻjalik protsessual kodekslarini, “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qator farmon va qarorlari va Hukumat qarorlarini keltirish mumkin.
Biroq mamlakatimiz bosib oʻtgan taraqqiyot yoʻlining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori konyunkturasi keskin oʻzgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal surʼatlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va roʻyobga chiqarishni taqozo etmoqda edi. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, aholining odil sudlovga boʻlgan ishonchini oshirishga qaratilgan mutlaqo yangi bosqichni boshlanishini hayotiy zaruratga aylantirdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2016-yilning 21-oktyabrida eʼlon qilingan PF-4850-sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga boʻysunishiga doir konstitutsiyaviy normani amalda toʻla-toʻkis roʻyobga chiqishiga zamin yaratdi. Shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmon hamda ushbu Farmon bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlanti-rishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”da sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirishga oid qator chora-tadbirlar nazarda tutildi.
Xususan, sudya lavozimida boʻlishning ilk marotaba besh yillik, keyin oʻn yillik muddatini va shundan soʻng muddatsiz davrini belgilash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi negizida sud hokimiyati organi sifatida Sudyalar oliy kengashini tashkil qilish, sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish mexanizmini, shu jumladan, uning asoslarini aniqlashtirish orqali takomillashtirish va sud raislarining sudyalarga nisbatan intizomiy ish qoʻzgʻatishga oid vakolatini tugatish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga adliya organlarining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash sohasidagi vazifa va vakolatlarini oʻtkazish kabilar nazarda tutildi.
Sudlar mustaqilligi va faqat qonunga boʻysunishini taʼminlashda sudya lavozimida boʻlishning ilk marotaba besh yillik, keyin oʻn yillik muddatini va soʻng muddatsiz davrining belgilanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki sudya lavozimida boʻlishning ushbu tartibi sudyadan zimmasiga yuklatilgan vazifani namunali va vijdonan bajarishni talab etishi bilan bir qatorda lavozimiga keyingi muddatga qayta saylanishi yoki tayinlanishi, oʻz vazifalarini namunali ado etgach, keyinchalik oʻn yilga va hatto muddatsiz davrga saylanishi yoki tayinlanishi uchun ragʻbatlantiruvchi qoida ham hisoblanadi.
Sudya lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshini, yaʼni tuman va viloyat sudlari sudya lavozimlarini 65 yoshgacha, Konstitutsiyaviy va Oliy sud sudyalari lavozimlarini – 70 yoshgacha belgilash sudyalarning mustaqil-ligini kafolatlash bilan bir qatorda mamlakatimizda professional sudyalar korpusini shakllantirishga, sud tizimini yetuk, yuqori malakali, odil sudlov sohasida katta tajribaga ega boʻlgan, mustaqil fikrlaydigan, halol va benuqson obroʻ-eʼtiborli sudyalar bilan toʻldirishga, ularning boy tajribalaridan keng foydalanishga hamda barqaror sudyalar maktabining yaratilishiga zamin yaratadi. Qolaversa, sud hokimiyatining boshqa hokimiyat organlari taʼsiridan holi boʻlishiga xizmat qiladi.
“Harakatlar strategiyasi”dagi sud hokimiyatining chinakam mustaqil-ligini taʼminlashga qaratilgan navbatdagi muhim tadbirlardan biri – sudyalar hamjamiyatining organi sifatida Sudyalar oliy kengashini tashkil qilish, kengash tarkibining kamida yarmini sudyalar hisobidan shakllantirish va unga sud hokimiyatinng mustaqilligini taʼminlashga doir bir qator vakolatlar berilishi nazarda tutilganidir.
Xulosa shuki, jamiyatda sudyaning nufuzini oshirish, uning chinakam mustaqilligini va faqat qonunlarga asoslanib ish yuritishini taʼminlash mamlakatimiz Konstitusyaisi va shu asosda qabul qilinayotgan qonunlar muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurishdagi muhim shartlardan biridir.
A.Ya.Ollamov
Guliston tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi
Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi
KirishTalabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
KirishOliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi
KirishIkkinchi mutaxassislikka shartnoma olish
KirishTalabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)
KirishInteraktiv xizmatlar ro'yxati
KirishIT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi
KirishMurojaat yuborish
KirishKelajak kasblarini egallang!
KirishOliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati
KirishBakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
Kirish