Guliston davlat universiteti bitiruvchilari uchun “Kelajakka qadam ” uchrashuvi tashkil etildi
Guliston
davlat universitetida Milliy banki bilan hamkorlikda Axborot
texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti, Tabiiy fanlar, Filalogiya
fakultet bitiruvchi talabalari uchun “Kelajakka qadam” uchrashuv tashkil
etildi.
Uchrashuvda Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari G'.Shayzakov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Bitiuruvchi talabalarga tadbirkorlik boshlash uchun tushuncha va g’oyalar shuningdek o‘z yo‘nalishlariga mos ish o‘rinlari topish uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Uchrashuvda Milliy bank xodimi Sh.Bahromov ishtirok etib, talabalarga “Kelajakka qadam” dasturi doirasida ajratilgan “Kelajakka birinchi qadam”, “Kelajak uchun start”, “Yorqin kelajak sari” kreditlar to‘g‘risida ma'lumotlar berishdi.
Ochiq muloqot va savol-javob tariqasida o‘tgan tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga yetarlicha javoblar olishdi.
Bunday tadbirlar yoshlarning kelajakka tashlanayotgan muhim qadamlari, bandligini taminlashda va amaliy natijalarga erishishda muhim o‘rin tutadi.






Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文


