Mualliflar diqqatiga

“Guliston davlat universiteti axborotnomasi”

ilmiy jurnali mualliflari diqqatiga!

 

1. “Guliston davlat universiteti axborotnomasi” ilmiy jurnali quyidagi sohalar bo‘yicha ilmiy maqolalarni o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etadi:

  • · Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari (fizika, biologiya, qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish texnologiyalari).
  • Gumanitar - ijtimoiy fanlar (pedagogika, filologiya, ijtimoiy-iqtisodiy fanlar).

2. E’lon qilinadigan maqolalarga bo‘lgan asosiy talablar: ishning dolzarbligi va ilmiy yangiligi; maqolaning hajmi: adabiyotlar ro‘yxati, chizma va jadvallar inobatga olingan holatda 9-10 betgacha; maqola nomi, annotatsiya (180-200 ta so‘z) va tayanch so‘zlar (8-10 ta) ingliz, o‘zbek va rus tillarida keltiriladi.

3. Maqola boshida UDK, mavzu, muallifning F.I.O.(to‘liq yozilishi kerak), tashkilot, shahar, mamlakat, muallifning e-mail, annotatsiya (namunaga qarang) berilib, keyin matn keltiriladi. Matnda kirish qismi, tadqiqot ob’ekti va qo‘llanilgan metodlar, olingan natijalar va ularning tahlili, xulosa, adabiyotlar ro‘yxati (kiril va lotin imlosida, namunaga qarang) albatta keltiriladi. Maqolada keyingi 10-15 yilda e’lon qilingan adabiyotlarga havola qilinishi tavsiya etiladi.

4. Matn uchun: Microsoft Word; Times New Roman, 12 shrift, maqola nomi bosh harflarda, interval 1,5; abzats 1,0 sm, yuqori va pastki tomon 2 sm, chap tomon 3 sm, o‘ngd tomon 1,5 sm.

Namuna:

UDK 581.14

REPRODUCTION CHARACTERISTICS OF GOBELIA PACHYCARPA (FABACEAE) IN THE ARID ZONES OF UZBEKISTAN

 

O’ZBEKISTONNING QURG’OQCHIL MINTAQASIDA GOBELIA PACHYCARPA (FABACEAE)NING REPRODUKTSIYASI

 

РЕПРОДУКЦИЯ GOBELIA PACHYCARPA (FABACEAE) В АРИДНОЙ ЗОНЕ УЗБЕКИСТАНА

 

Botirova Laziza Axmadjon qizi1, Karimova Inobatxon2

1Guliston davlat universiteti, 120100. Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, IV mikrorayon.

2Andijon qishloq xo‘jaligi instituti, 150100. Andijon shahri, Uvaysiy ko‘chasi 12-uy.

E-mail: liliya_15@ mail.ru

 

Abstract. The article is devoted to the reproduction processes of 3 populations of Goebelia pachicarpa (C.A.Mey.) Bungein the arid zones of Uzbekistan. While studying the reproductive biology of plants the works of Sasyperova I.F. (1993), Ashurmetov A.A.and Karshibaev H.K. (2002) were used. Seed production of plants was defined according to the methods of Ashurmetov A.A. (1982) and Zlobin Yu.A. (2002). Reproduction strategies of species were determined by Ramenskyi –Grime system……..(Abstract 180-200 ta so‘zdan kam bo‘lmasligi kerak).

Keywords: Goebelia pachicarpa, reproduction, reproduction strategy, seed productivity, dissemination, seed and vegetative reproduction, diaspore, seed renewal (8-10 ta).

 

Annotatsiya. Ushbu maqola Goebelia pachicarpa (C.A.Mey.) turining 2 ta populyatsiyasida..............(180-200 ta so‘zdan kam bo‘lmasligi kerak)

Tayanch so‘zlar: Goebelia pachicarpa, reproduktsiya, ................ (8-10 ta).

 

Аннотация. Данная статя посвящена к двум популяциям Goebelia pachicarpa (C.A.Mey.)………(180-200 шт.)

Ключевые слова: Goebeliapachicarpa, репродукция, .............. 8-10 шт.

 

Matn keltiriladi:

Kirish. Muammoning dorzarbligi asoslanadi va maqsad ko‘rsatiladi (maqolaning maqsadi … aniqlash, ishlab chiqish, tavsiya berish, tasdiqlash, baholash, yechimini topish, …).

Tadqiqot ob’ekti va qo‘llanilgan metodlar... .

Olingan natijalar va ularning tahlili...

Xulosa, rahmatnoma (majburiy emas) ketma-ketlikda keltiriladi.

 

5. Foydalanilgan adabiyotlarga havola to‘rtburchak qavsda [1], jadval va rasmlarga havolalar esa dumaloq qavslarda keltiriladi (1-jadval), (2-rasm). Jadval va rasmlar matndan keyin berilishi lozim. Ularning umumiy soni 5 tadan oshmasligi kerak.

6. Adabiyotlar ro‘yxati matnda kelishi bo‘yicha keltiriladi, masalan [1], [2], ....

Adabiyotlar ro‘yxati: (adabiyotlar nomi asl (original) holda keltiriladi)

 

Kitoblar: Muallif, nomi, shahar, nashriyot, yil va betlar keltiriladi (Namuna: 1. Иванов И.И. Лекарственные средства. - М.: Медицина,1997. - 328 с.)

Maqolalar: Muallif, maqola nomi // Jurnal nomi, yil, №, betlar. (2. Каримова С.К. Адир минтақасининг лола турлари. // Ўзб. биол. журн., 2009. -№ 2. - Б. 10-18.)

Avtoreferatlar: Muallif, nomi: doktorlik. diss. avtoreferati, shahar, yil, betlar. (3. Ходжаев Д.Х. Влияние микроэлементов на урожайност хлопчатника: Автореф. дисс... д-ра биол.наук.- Москва, 1995. - 35 с.)

Tezislar: Mualliflar, nomi // To‘plam nomi, shahar, yil va betlar. (4. Каршибаев Х.К., Ахмедов Г.А. Биоэкологические исследования видов янтака // Материалы Респуб. науч. конф. “Кормовые растения Узбекистана”. - Гулистан, 2006. - С. 15-17.)

7. Adabiyotlar ro‘yxati qo‘shimcha lotin imlosida takror keltiriladi:

References:

1. Ivanov I.I. Lekarstvennie sredstva. - M.: Medisina, 1997. - 328 s. (in Russian)

2. Karimova S.K. Adir mintaqasi lola turlari // O‘zb. biol. jurn., 2009.-№ 2. - B. 10-18.

3. Xodjaev D.X. Vliyanie mikroelementov na urojaynost xlopchatnika: Avtoref. diss... d-ra biol. nauk.- Moskva, 1995. - 35 s. (in Russian)

4. Karshibaev X.K., Ahmedov G.A. Bioekologicheskie issledovaniya vidov yantaka // Materiali Respub. nauch. konf. “Kormovie rasteniya Uzbekistana”. - Gulistan, 2006. - S. 15-17. (in Russian)

8. Tahririyat fizik o‘lchovlarni keltirishda xalqaro tizim (SI), biologik ob’ektlarni nomlashda xalqaro Kodeks nomenklaturasidan foydalanishni tavsiya etadi. Butun sondan keyingi sonlar nuqta bilan ajratiladi (0.2).

9. Tahririyatga maqolaning elektron varianti topshiriladi. Maqolaning so‘ngi betida hamma mualliflarning imzosi bo‘lishi shart. Qo‘lyozmaga ish bajarilgan tashkilotning yo‘llanma xati, tasdiqlangan ekspertiza akti, taqrizlar ilova qilinadi. Maqolaning oxirgi betida mualliflar to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltiriladi. Masalan:

Mualliflar:

Botirova Laziza Axmadjon qizi – Guliston davlat universiteti Dorivor o‘simliklar va botanika kafedrasi mudiri, b.f.n., dotsenti. E-mail: liliya_15@mail.ru

Karimova Inobatxon - Andijon qishloq xo‘jaligi instituti tadqiqotchisi. E-mail: inobat_90@ inbox.ru

10. Tahririyat maqolani taqrizga yuboradi, taqriz ijobiy bo‘lsa maqola jurnalda chop etish uchun qabul qilinadi. Maqola jurnalda maxsus hisobga (Guliston davlat universiteti Moliya vazirligi G‘aznachiligi x/r. 23402000300100001010, INN 201122919, MFO 00014. Markaziy bank XKKM Toshkent sh. BB STIR 200322757, ShXR 400110860244017094100079001 axborotnoma uchun) mehnatga haq to‘lashning bazaviy hisoblash miqdorida (300 000 so‘m) to‘lov amalga oshirilgandan keyin chop etiladi. Jurnalda anjuman tezislari va ma’ruzalari chop etilmaydi. E’lon qilingan materiallarning haqqoniyligiga va ko‘chirilmaganligiga shaxsan muallif javobgardir.

11. Tahririyat maqolaga ayrim kichik o‘zgartirishlarni kiritishi mumkin. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar tahririyat tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

Manzil: O’zbekiston Respublikasi, 120100, Guliston shahri, 4-mavze, Guliston davlat universiteti, Asosiy bino, 4-qavat, 423-xona.

Web site: www.guldu.uz

E-mail: guldu-vestnik@umail.uz

 

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?