O’zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi.
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
O’zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi.

“O’zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” nomli tanlovning Sirdaryo viloyati bosqichi.

2018- yil 9-yanvar kuni Guliston shahar, Guliston davlat universitetida O’zbekiston respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi hamda respublika ixtirochi ayollar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan  “O’zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” nomli tanlovning Sirdaryo viloyati bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovni Guliston davlat universiteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori R.Mahmudov ochib berdi.

Ushbu tanlovda viloyatimiz xotin-qizlari bilan bir qatorda Guliston davlat universitetining quyidagi olima ayollari va talaba qizlari ham o’zlarining innovatsion loyihalari bilan faol ishtirok etdilar:

1.Abdurahmanova O’g’iloy Qahhorovna – Kimyo kafedrasi mudiri, dotsent.

Mavzu: “Uzum danagidan foydali mahsulotlarni ajratib olishning samarali texnologiyasi”.

2. Mirsharipova Guljahon Kamolovna– Tuproqshunoslik kafedrasi o’qituvchisi, dotsent. Mavzu: “Sho’rlangan tuproq sharoitida oraliq ekinlarning seleksion qiymati va urug’chiligining ilmiy asoslarini o’rganish”.

3. Ismailova Nozima Anvar qizi– Biologiya kafedrasi o’qituvchisi.

Mavzu: “Kartoshka yoki batatning sho’rga chidamlilik xususiyatlari”.

4. Kabekova Gulnaz Raxmanalievna– Fizika-matematika fakulteti talabasi.

Mavzu: “Bog’cha yoshidagi bolalarni ingliz tiliga o’rgatishda yangi texnologiyalardan foydalanish”.

5. Sa’dullaeva Oydin Temur qizi — Biologiya kafedrasi talabasi.

Mavzu: “Kartoshka yoki batatning o’sish va rivojlanishida glittsirizin kislotasi tuzlarini ta’siri”.

6. Ismoilova Barno Ravshanovna — Filologiya kafedrasi talabasi.

Mavzu: “Sirdaryo viloyati Barkamol qizlari klubini tashkil qilish”.

Olima ayollarimiz, tadbirkor ayollarimiz, qolaversa talaba qizlarimiz tomonidan taqdim etilayotgan ixtirolar, innovatsion loyihalari o’zining bugungi kundagi dolzarbligi va mamlakatimiz iqtisodiyotini bir qadam bo’lsa ham oldinga siljitishga hissa qo’sha oladiganligi bilan ahamiyatga molik bo’ldi.

Ushbu tanlovda yoshidan, ma’lumotidan qat’iy nazar barcha xotin-qizlar ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Tanlov ishtirokchilari taqdimotlari t.f.d. professor,  K.K.Nuriev, k.f.d. professor, M.B.G’ofurov, t.f.n. A.N.Adilov, b.f.n. L.A.Botirova, Pedagogika-psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi, Ya.A.Nurumbekovalardan iborat   ekspertlar guruhi tomonidan baholab borildi.

Tanlov yakunida ishtirokchilar viloyat Xotin-qizlar qo’mitasi sertifikatlari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

Nominatsiyalar bo’yicha eng munosib nomzodlarga respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo’llanmalar berildi.

Guliston davlat universiteti xotin- qizlar qo’mitasi raisi

N.Sultonova

 Guliston Davlat Universiteti Guliston Davlat Universiteti

Guliston Davlat Universiteti Guliston Davlat Universiteti

14752 | 2018-01-30 11:40
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023
PreviousNext -->