Yangiyer shahrida joylashgan Guliston davlat universitetining Pedagogika fakulteti jamoasi Respublika ta’lim sifati inspektsiyasi Sirdaryo viloyati bo’limi bilan hamkorlikda o’quv seminari tashkil etdi.
Seminarda Respublika ta’lim sifati inspektsiyasi Sirdaryo viloyati bo’limi boshlig’i H.Yodgorov, Yangier shahar hokimi o’rinbosari A.Abduqodirov, Yangiyer shahar xalq ta’limi bo’limi boshlig’i X.Yulyaxshiyev, Pedagogika fakulteti dekani J.Komilov, Yangiyer shahridagi umumiy o’rta ta’lim maktablarining direktorlari, Yangiyer shahar maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, Pedagogika fakulteti kafedralari mudirlari hamda professor-o’qituvchilari qatnashdilar.
Seminarda Sirdaryo viloyati shu jumladan Yangiyer shahri maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ishlar, ta’lim berishning sifati, ta’lim jarayoniga ilg’or xorijiy tajribalarni olib kirish, xalqaro baholash dasturlari va ularda maktab o’quvchilarining ishtiroki kabi masalalar muhokama qilindi.
Xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik ko’rishda Guliston davlat universiteti bilan maktablarning hamkorligini kuchaytirish, xalqaro baholash dasturlarida mavjud fanlarni o’qitishni chuqurlashtirish, har bir fanni o’qitishni zamonaviylashtirish, berilayotgan bilimlarni hayot bilan bog’lab o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor berish kerakligi aytib o’tildi.
Yangiyer shahar hokimligi matbuot xizmati