Guliston davlat universitetining San’atshunoslik fakulteti professor o‘qituvchilari tomonidan Guliston shahridagi “Ahillik” va “Nurafshon” MFYda istiqomat qiluvchi aholi ichidan vaqtincha bandligi ta’minlanmagan yoshlar uchun “Musiqa” to‘garagi tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda ushbu to‘garakka qatnashayotgan yoshlar tajribali ustoz Zamira Kuychiyevadan musiqa sohasi sir-asrorlarini o‘rganishmoqda.