Diqqat: Guliston davlat universitetida “Til markazi” tashkil etildi
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Diqqat: Guliston davlat universitetida “Til markazi” tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.05.2021 sanadagi PQ-5117-sonli “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy  tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorini ijrosini amalga oshirish maqsadida Guliston davlat universitetida “Til markazi” tashkil etildi.

Ushbu markaz faoliyatining asosini muhtaram Prezidentimizning  chet tili fanlari o‘qituvchilarinning xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi va bu orqali ta’lim sifatini yaxshilash borasidagi takliflarining amaldagi ijrosi sifatida Sirdaryo viloyatidagi barcha maktablarda ingliz tili o‘qituvchilari uchun 3 oyga mo‘ljallangan muddatli ustama va xalqaro sertifikatlar olishga tayyorlov kurslari tashkil etildi. Viloyatimizdagi barcha maktab o‘qituvchilarini ushbu maxsus tayyorlov kurslariga taklif qilamiz. Prezident Qaroriga binoan barcha  davlat idoralarida  xorijiy tillarni ommalashtirish bo‘yicha topshiriqlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, viloyatimizdagi barcha idora va tashkilotlar xodimlarini 3 va 6 oylik, hamda bir yillik o‘quv kurslariga taklif qilamiz va biz bilan hamkorlikka chorlab qolamiz.  

Guliston davlat universiteti qoshidagi “Til markazi”da ingliz, nemis, koreys va rus tilidan o‘quv kurslari tashkil etildi. Har bir tinglovchi o‘zi istagan darajada til ko‘nikmalariga ega bo‘lishi mumkin. Har qanday soxa mutaxassislari xorijiy tillarda muloqot qilishi, ish faoliyatini xorijiy tilda erkin olib borishi, xorijiy va milliy sertifikatlarni tez va oson qo‘lga kiritishi uchun zarur shart-sharoit, bilim va tajriba kafolatlanadi.  Murojaat uchun telefon : +998933222315 Kuziyev Shavkat

3863 | 2021-06-09 11:47
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023