2021-yilning 11-12-iyun kunlari Guliston shahrida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Bag‘rikeng O‘zbekiston - umumiy uyimiz” millatlararo do‘stlik festivali bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingan edi.
Bugun mazkur festivalga start berildi. Guliston shahar markazida barpo etilgan pavilonlarda Guliston davlat universiteti uchun maxsus joy ajratildi. Mazkur festival daoirasida universitetning iqtidorli va tashabbuskor yoshlar “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” loyihasi bo‘yicha iqtisodiyot, ta’lim, sport, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari kabi sohalardagi g‘oyalari namoyish etildi. Ushbu jaraynoda Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofirjon G‘aniyevich Mirzayev ham ishtirok etib, mazkur innvoatsion g‘oyalar mualliflarini qizg‘in muborakbod etib, yangiliklarni yaratish va ilmiy-tadqiqotlarda zafarlar tiladi.
Bundan tashqari sportchi yoshlar o‘zlarining mahoratlarini tengdoshlariga namoyish etishdi. Festival doirasida eng muhim jihat, universitet bitiruvchilari bilan kadrlar buyurtmachilari va iste’molchi tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha uch tomonlama shartnmalar ayna shu yerning o‘zida imzolandi.
Mazkur festivalga universitetning 50 nafar ko‘ngilli yoshlari tashkiliy masalalarda faol ishtirok etishmoqda. Festival doirasidagi tadbirlarda universitet jamoasining ishtorki davom etmoqda.