2021-yilning 7-10-iyun kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Boʻzatov tumanida "Yoshlar ovozi" festivalining Respublika bosqichi boʻlib oʻtdi. Bu festivalda Respublikaning barcha viloyatlaridan turli yoʻnalishdagi eng iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi. Ushbu festivalda Guliston davlat universitetining Filologiya fakulteti Adabiyotshunoslik kafedrasining ijodkor talabalari Quddusbek Asadullayev va Rashid Xoʻjamovlar sheʼriyat yoʻnalishi boʻyicha Sirdaryo viloyati nomidan munosib ishtirok etishdi.