Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yil 16-iyunda “Oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalar muhokamasi”ga bag‘ishlab o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, yangi 2021-2022 o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha universitet rektorining 2021-yil 18-iyundagi 25-13-sonli farmoyishig ijrosini ta’minlash maqsadida universitetda 2021-yilning 15-iyunidan- 15-iyulgacha “Yangi 2021-2022 o‘quv yiliga tayyorgarlik oyligi” e’lon qilingan edi.
Oylikni otkazish boyicha qabul qilingan chora-tadbirlarga ko‘ra ijtimoiy-iqtisodiy fakultetda o‘quv jarayoniga modul tizimini tadbiq etish, HEMIS dasturini mukammal o‘rganish va xorijiy tilni o‘rganish bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilish uchun o‘quv kurslari tashkil qilindi. O‘quv har kuni o‘tkazilib, savol-javoblarga boy bo‘lmoqda.