Guliston davlat universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy qo‘mitasining Sirdaryo viloyati hududiy Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rektori M.Xodjiyev, Siradryo viloyati prokurori birinchi o‘rinbosari O.Qo‘chqorov, Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi birinchi o‘rinbosari F. Giyasov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i N.Mo'minov va diniy idora vakillari, viloyat tashkilot rahbarlari, universitetning fakultet dekanlari va bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda shu vaqtga qadar aniqlangan korrurpsion holatlar monitoringi o‘tkazilib, kelgusida bu kabi qabih ishlarni oldini olish va profilaktikasi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi takliflar tinglandi.