2021-yil 24-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov bo‘lib o‘tasi. Saylov jarayonlarini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish maqsadida “Biz Sirdaryolik yoshlar-Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarimiz” shiori ostidagi “Yoshlarning siyosiy bilimi va huquqiy madaniyatini oshirish aksiyasi” doirasida Guliston davlat universiteti talaba-yoshlari orasida “Yosh saylovchi” platformasi tashkil etildi. Mazkur platforma doirasida faol yetakchilar uchun targ‘ibot saylov jarayonlari to‘g‘risida kerakli ma’lumotlar yozilgan broshyuralar hamda “Yosh saylovchi” yon daftarchalari taqdim etildi.