Guliston davlat universitetida o‘quv jarayonini “4+2 dastur”i asosida tashkil etish bo‘yicha yaratilgan klasterli yondashuvlariga asoslangan “O‘quv ilmiy kompleks”
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Guliston davlat universitetida o‘quv jarayonini “4+2 dastur”i asosida tashkil etish bo‘yicha yaratilgan klasterli yondashuvlariga asoslangan “O‘quv ilmiy kompleks”

2021-2022 o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonida Guliston davlat universitetida o‘quv jarayonini “4+2 dastur”i asosida tashkil etish mexanizmi ishlab chiqildi. Bugungi kunda universitetda ta’lim jarayoni aynan ishlab chiqilgan ushbu “4+2 dastur”i asosida tashkil etilgan.
Ushbu dasturni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor professor H.Qo‘shiyev quyidagicha ta’riflaydi: Dastur ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi tizimi asosida yaratilgan klasterli yondashuvlarga asoslangan innovatsion jarayon. Bunda har bir ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tegishli mutaxassislik fanlaridan amaliy mashg‘ulotlar to‘liq tanlangan ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlar va muassasalar bazasida o‘tkaziladi. Bunda tizim shunga asoslanganki, o‘quv mashg‘ulotlari (ma’ruzalar, o‘quv laboratoriyalari) 4 kun universitet auditoriyalarida, amaliy mashg‘ulotlar haftaning 2 kuni davomida ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlar bazasida o‘tkaziladi.
Bu yaratilgan tizim talabalarni 4 yil davomida tanlagan mutaxasisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadr bo‘lishlari, ishlab chiqarishdagi muammolar va ularning yechimi bo‘yicha tegishli tasavvurga ega bo‘lishlariga imkon beradi.
Bugungi kunda o‘quv jarayonini yuqori darajada va sifatli tashkil etish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlar bazasida mutaxassislik kafedralarining filiallari tashkil etilmoqda.
Guliston davlat universiteti va ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlar o‘rtasida ta’lim jarayonini yuqori darajada tashkil etish maqasadida hamkorlik shartomalari imzolangan. Bu ta’lim, fan, ishlab chiqarish integratsiyasi tizimida klasterli yondashuvlarga asoslangan innovatsion “O‘quv-imlmiy kompleks” yaratilishida ahamiyatlidir.

3256 | 2021-10-17 11:29
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023
PreviousNext -->