Universitetda xitoylik hamkorlar bilan navbatdagi kelishuv
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Universitetda xitoylik hamkorlar bilan navbatdagi kelishuv

Guliston davlat universitetiga Xitoy Xalq Respublikasidan hamkorlar tashrif buyurishdi. Xitoyning “Yanlin” kompaniyasi rahbari janob Chen Bing, kompaniya menejeri Yang Xi, “Peng Sheng” kompaniyasi bosh direktori Van Sinxe janoblari universitet  rektori, texnika fanlari doktori, professor Muxsin Xodjiyev bilan uchrashib, 2022-yildan boshlab iqtidorli talabalar, magistrlar, doktorantlar, yosh olimlar va o‘qituvchilarni qishloq xo‘jaligi, issiqxona ishi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini dastlabki qayta ishlash, oziq-ovqat texnologiyalari kabi yo‘nalishlarda bakalavrlar tayyorlash, magistraturada tahsil olishni yo‘lga qo‘yish, malaka oshirish va stajirovkaga yuborish, hamkorlikda doktorantlar tayyorlash, o‘zaro almashinuv dasturlari asosida xitoylik olimlarni universitetga o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tish, amaliyotlarni tashkil etishga jalb etish masalalarida dastlabki kelishuvlar atroflicha muhokama qilib olindi.

Uchrashuvda universitet tomonidan, o’quv ishlari bo’yicha prorektor, b.f.d., professor X.Qo’shiyev, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, t.f.n., dotsent A.Sulaymanovlar ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida xitoylik hamkorlarga qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi va yaqin kunlarda o‘zaro xamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolash va o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, innovatsion, ilmiy-tadqiqot ishlari borasida aloqalarni yangi bosqichga chiqarishga kelishib olindi.

2144 | 2021-11-01 10:33
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023
PreviousNext -->