2021-yil 15 dekabr kuni Axborot texnologiyalari fakulteti tomonidan Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni fakultet dekani Azizbek Qalandarov tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Internat uyining davolovchi vrachi Saribayeva Nasiba va madaniyat yetakchisi Naxliyeva Saodatlarlar ham o‘z tabriklarini aytib o‘tishdi. Axborot texnologiyalari va filologiya fakultetlari talabalari Vatan va ona madhiga bag‘ishlangan she'rlari bilan tadbirni davom ettirishdi. San’atshunoslik fakulteti talabalari esa o‘zlarining sara qo‘shiqlarini jonli ijro qilib qatnashchilarni kayfiyatlarini ko‘tarishdi. Tadbir so‘ngida qatnashchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.