2022-yilning 22-fevral kuni Guliston davlat universiteti Ishlab chiqarish texnologiyalari fakultetida viloyat “It Park” bilan hamkorlik aloqalari doirasida “IT va yoshlar uchrashuvi” mavzusida navbatdagi tadbir o‘tkazildi. Tadbirni Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyalari kafedrasi mudiri, dotsent Ermamat Qurbonov olib bordi. Tadbirda voliyat “IT Parkd”an tashrif buyurgan mutaxassislar: “IT-Park” Sirdaryo viloyati filiali Ta’lim bo‘yicha birinchi o’rinbosari Baxtiyorov Jamshid, “IT-Park” Sirdaryo viloyati filiali Startaplar bo‘yicha o’rinbosari-Kadirov Muxammadali, “IT-Park” Sirdaryo viloyati filiali Loyihalar bo’yicha o’rinbosari Iskandarov Ravshan, “IT-Park” Sirdaryo viloyati filiali Guliston shahar Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi rahbari Qodirov Abdunazar, “IT-Park” Sirdaryo viloyati filiali Guliston shahar Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi dasturlash bo‘yicha mutaxassisi Malikov Shorux, “IT-Park” Sirdaryo viloyati filiali Guliston shahar Raqamli texnologiyalar o’quv markazida ta’lim oluvchi Qambarov Olovuddinlar raqamli texnologiyalardan foydalanish masalarari bo‘yicha ma’ruza qildilar.