Kuzatuv kengashining navbatdagi majlisi bolib otdi
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Kuzatuv kengashining navbatdagi majlisi bolib otdi

2022-yil 11-iyun sanasida Guliston davlat universiteti Kuzatuv kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

Guliston davlat universiteti Kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan joriy yilning yanvar-iyun oylarida amalga oshirilgan tadbirlarning natijadorligi va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar istiqbollari muhokama qilindi.

Guliston davlat universitetiga akademik, tashkiliy boshqaruv va moliyaviy mustaqillik berilishi natijasida Kuzutuv kengashi raisi boshchiligida bir qator yutuq va natijalarga erishildi. Jumladan:

- Kuzatuv kengashi a’zolarining 131 ta banddan iborat 13 ta maqsadli ko‘rsatkichlari (KPI) tasdiqlanib, ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha choraklik monitoring tizimi o‘rnatildi.

 - Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Sirdaryo viloyati hamda Guliston davlat universitetini rivojlantirish maqsadida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ilmiy loyihalar tanlovining maxsus 69-turi e’lon qilindi.

- Tanlovda 6 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha umumiy qiymati 12,5 mlrd so‘m bo‘lgan jami 12 ta (11 ta amaliy, 1 ta innovatsion) tematik mavzular e’lon qilindi.

- Universitetning 15 nafar professor-o‘qituvchilari uchun ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarida qisqa muddatli stajirovkalari tashkil etildi.

- Universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Z.Zikriyayev joriy yilning 24-maydan 6-iyun kuniga qadar Qozon federal universitetida (Rossiya Fedratsiyasi) stajirovka o‘tadi.

-  Universitetga QR-kodli 600 dona kitob taqdim etildi.

- Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Springer Nature tizimiga kiruvchi xalqaro jurnallardan  talaba, tadqiqotchi va o‘qituvchilarning bepul foydalanishi yo‘lga qo‘yildi.

-  Universitet bazasida "Technoways Youth Business Incubator" tashkil etildi va faoliyati yo‘ga qo‘yildi.

-  15 ta innovatsion ishlanmalar tayyorlanib, joriy qilish bo‘yicha xo‘jalik shartnomalari imzolandi.

Shular bilan birgalikda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarga ham to‘xtalib o‘tilib bularga yechim sifatida aniq taklif va topshiriqlar berildi.

Guliston davlat universitetida o‘tkazilgan ichki audit va moliyaviy nazorat tadbirlarining natijalari to‘g‘risida hisobot tahlil qilindi. Kelgusida professor-o‘qituvchilar va talabalarni moddiy rag‘batlantirish ko‘lamini oshirish lozimligi ta’kidlandi.

Yangi o‘quv yilida qabul qilinadigan talabalar uchun ta’lim yo‘nalishlar kesimida to‘lov-kontrakt hamda xorijlik professor-o‘qituvchilarga ish haqi to‘lash tartibi va miqdori tasdiqlandi.

Kelgusida har bir kafedraga xorijdan professor-o‘qituvchilarni jalb qilish vazifasi yuklatildi.

Universitet talaba-yoshlari uchun universitet va homiylar mablag‘lari hisobidan Halima Xudoyberdiyeva, To‘ra Sulaymon, Same Samadov nomidagi qo‘shimcha nomli stipendiyalar tashkil etilishi tasdiqlandi.

Kelgusida har o‘quv yilida jami 6 nafar talaba-yoshlar qo‘shimcha stipendiyalar olishlariga va bu orqali yoshlarni ilm olishlariga motivatsiyasini oshirish imkoni yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yil 4-mart kuni “Talaba-yoshlarni bo‘sh vaqtida ish bilan bandligini ta’minlash” yuzasidan o‘tkazilgan selektorda berilgan topshiriqlarninig universitetdagi ijrosi tahlil qilindi.

175 | 2022-06-11 16:29

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2022