22.09.2022-yil sanasida mazkur formatdagi ushrashuvlar Tibbiyot, Sana’atshunoslik va Ishlab chiqarish texnologiyalari fakultetlari talaba-yoshlari bilan o‘tkazildi. Tibbiyot yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar tomonidan sohada ilg‘or bo‘lgan ta’lim muassasalari bilan ma’lumot va tajriba almashinuv bo‘yicha, biotexnologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan nazariy fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni farmatsevtik korxonlarda olib borish bo‘yihca bildirilgan takliflari rektor M.Xodjiyev tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Mas’ullarga o‘qitish jarayonida talabalar taklifi asosida “Fan-ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasi”ni yanada chuqurlashtirgan holarda tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.
Shuningdek, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifiy masalalar bo‘yicha 1-prorektor F.Niyazov San’atshunoslik fakulteti talabalariga “1-oktabr-O‘qituvchilar va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlab rasmlar tanlovini tashkil etish taklifini bildirdi. Taklif talabalar tomonidan iliq kutib olindi.
Talabalar bilan ochiq muloqot formatidagi uchrashuvlar davom etmoqda.