Guliston davlat universiteti Xotin-qizlar Kengashi raisi viloyat hokimi tomonidan taqdirlandi
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Guliston davlat universiteti Xotin-qizlar Kengashi raisi viloyat hokimi tomonidan taqdirlandi

Guliston shahrida “Oqila ayollar” harakatining yil sarhisobiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev, hamkor tashkilotlar vakillari, otinoyilar, xotin-qizlar faollari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.

Viloyat rahbari nutqi davomida mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini ta’kidlab, ularni muammolari, dardu tashvishlari bilan shug‘ullanadigan adolatli va samarali tizim yaratilganini aytib o‘tdi.

Tadbirda, «Oqila ayollar» harakati a’zolari tomonidan yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot ham berildi. Unda Guliston davlat universiteti Xotin-qizlar Kengashi raisi N.Sultonova viloyat hokimi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Guliston davlat universiteti ma’muriyati N.Sultonovaning erishgan natijalari bilan qutlab, uning keying faoliyatida zafarlar tilaydi.

1066 | 2022-12-30 10:13
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023
PreviousNext -->