⭐️ Rektor va talaba-yoshlar uchrashuvlariga start berildi
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
⭐️ Rektor va talaba-yoshlar uchrashuvlariga start berildi

Guliston davlat universiteti rektori M.T.Xodjiyevning fakultetlar va yo‘nalishlar kesimida universitet talaba-yoshlari bilan har o‘quv yilida ochiq muloqot shaklda uchrashuv o‘tkazishi yaxshi an’anaga aylangan. Mazkur an’anaga muvofiq universitet rektorining talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot shakldagi uchrashuvlari yangicha formatda- Rektor va “Iqtidorli yoshlar kengashi a’zolari” bilan uchrashuv shaklida bugun-16.02.2023-yil sanasidan start oldi.

Bugungi uchrashuv Ijtimoiy-iqtisodiy, Tibbiyot va San’atshunoslik fakulteti Iqtidorli yoshlar kengashi a’zolari bilan bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkiloti raisi F.Zikriyayev moderatorlik qildi. Tadbirda universitet rektori M.Xodjiyev iqtidorli talabalar uchun liderlik va boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish, talabalar orasida jamoatchilik nazoratini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi hamjihatlikda kurash olib borish borasida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqotda asosiy masala o‘quv jarayonini yanda yaxshilash, darsdan tashqari ma’naviy ishlarni tashkil etish kabi dolzarb masalalar yechimiga yo‘naltirildi.  Universitet rektorining Iqtidorli yoshlar kengashi a’zolari bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

225 | 2023-02-16 16:11
Sayt bo'ylab izlash
Harakatlar strategiyasi
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-41-76

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023