💐Sadoqat ramzisan-ayol!
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
💐Sadoqat ramzisan-ayol!

  🔄2023-yil 7-mart sanasida Gusliston davlat universitetida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Asosiy bayram tadbiri universitetning Madaniyat saroyida “Sadoqat ramzisan-Ayol!”  shiori ostida tashkil etildi. Mazkur kechaga taklif etilgan professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar tarkibidagi xotin-qizlar bayram tabriknomalari bilan kutib olindi.

  ⚡️Bayram tadbirini universitet rektori M.Xodjiyev tabrik  nutqi bilan ochib berdi. Unda jamiyatimizda xotin-qizlar masalalariga alohida e’tibor berilayotgani, jumladan davlat boshqaruvida ayollar nufuzining ortishi, bundan tashqari universitetning imliy salohiyatining yuksalishida ayollar ulushining ortib borayotganligi borasida so‘z yuritildi.

  Tadbirda shoir Muhammad Ismoil tabrik so‘zlab, xotin-qizlarni ulug‘lovchi she’rlaridan namumalar keltirdi.

  Bayram kechasida o‘quv yili davomida faollik ko‘rsatgan, o‘zining ilmiy maktabini yaratib, universitetning ilmiy-innovatsiyaviy va tarbiyaviy sohalarida natijalarga erishgan tajribali professor-o‘qituvchilar va ilm sarhadlariga endigina qadam qo‘yganiga qaramay innovatsion ishlanmalari bilan nom chiqara boshlagan yosh tadqiqotchilar universitetning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

  Bayram tadbirininig badiiy qismida ayollarni, onalarni ulug‘lovchi kuy va qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

  Bayram tadbirlari fakultetlar kesimida davom etmoqda.

861 | 2023-03-07 15:27
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023
PreviousNext -->