Hokim va yoshlar uchrashuvi oʻtkazildi
Guliston Davlat Universiteti

Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Hokim va yoshlar uchrashuvi oʻtkazildi

30-mart sanasida Sirdaryo viloyati hokimi v.b. A.Mahmudaliyevning Guliston davlat universiteti talaba-yoshlari bilan ochiq muloqot formatidagi “Hokim va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi. Universitetning “Talabalar xiyoboni”da tashkil etilgan mazkur tadbirda dastlab talabalar oʻzlarining innovatsion va ijodiy ishlanmalarini taqdim qilishdi. “Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya” respublika tanloviga taklif qilinayotgan mazkur ishlanmalar A.Mahmudaliyev tomonidan katta qiziqish bilan oʻrganib chiqildi va ushbu gʻoyalarni amalga oshirishda qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.

Shundan soʻng hokim va talaba yoshlar oʻrtasida bevosita ochiq muloqot formatida uchrashuvga start berildi. Unda talaba-yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar va gʻoyalar viloyat hokimi v.b. A.Mahmudaliyevning doimiy ravishda shaxsan eʼtiborida va nazoratida boʻlishi bildirildi. Kelgusida mazkur formatdagi uchrashuvlar sonini koʻpaytirishga kelishib olindi.

801 | 2023-04-02 15:24
Sayt bo'ylab izlash
Ishonch telefonlari

0 (367) 225-49-12

Universitet rektoriga murojaat
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali
DTM Sirdaryo viloyati bo'limi kanali
Telegramdagi talabalar kanali
Edu.uz (rasmiy kanal)

Guliston davlat universiteti (GulDU)
Telefon: (0367) 225-40-42
Faks: (0367) 225-42-75

Manzil: Guliston sh. 4 mavze
Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati
Email: glsu_info@edu.uz
Saytimizdan ma`lumot ko`chirilganda guldu.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart.

Saytda xatolikni ko`rsangiz, xatoni belgilang va "CTRL+ENTER" tugmalarini bosib ma`muriyatga xabar bering!


Powered by Anvar Abduqayumov 2023
PreviousNext -->