“Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida Guliston shahar Sayqal mahallasida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Guliston shahar bo‘linmasi rahbari I.Norbekov va Guliston davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Z.To‘ychiyevalar ishtirok etishdi. Mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratib, ma’naviy-ma’rifiy ishlardagi uzviylikni ayni joylarda boshlash zarurligini qayd etildi. Inson oilada shakllanadi, kamol topadi, oila esa mahallada o‘rin topadi, mahalla esa o‘z navbatida jamiyat negizini hosil qiladi.