Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish

Mazkur Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo`yiladigan davlat talablari “Ta'lim to`g`risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga qo`yiladigan majburiy talablarni belgilaydi.

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo`yiladigan davlat talablari o`quv rejalari va dasturlarini, shuningdek, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta'lim muassasalarining o`quv jarayonini, ta'lim sifatini nazorat qilish va baholash tartibini, ular faoliyatini attestatsiyadan o`tkazish tartib-qoidalarini tartibga soladigan boshqa hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. 
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo`yiladigan davlat talablarining bajarilishi idoraviy mansubligi va mulkchilik shakllaridan qat'i nazar O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha turdagi ta'lim muassasalari uchun majburiydir. 
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo`yiladigan davlat talablariga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollaridan, ta'lim muassasalarining ehtiyojlaridan, yangi pedagogik texnologiyalarni va o`qitishning noan'anaviy shakllarini rivojlantirishdan, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasidagi jahon yutuqlari va an'analaridan kelib chiqib Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish davomida tuzatishlar kiritilishi va to`ldirilishi mumkin.

 

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-fevraldagi 25-son qarori

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 242-son qarori

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 21-sentyabrdagi 273-son qarori

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-sentyabrdagi 278-son qarori

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi 1875-son qarori

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi 4732-son farmoni

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?