Qabul 2026: Kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, 06.07.2026-yil sanasida Guliston davlat universitetida abituriyentlardan alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat yo‘nalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlarga start berildi. Bugun kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli ta'lim yo'nalishlari bo'yicha guruhlar kesimida davom etmoqda.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun universitetda imtihonlarni jonli efrida kuzatib borish imkoniyati yaratilgan “Ota-onalar kutish joyi” tashkil qilinib, Tibbiy xizmat, yosh bolali abituriyentlar uchun malakali pediator xizmati hamda tartibni saqlash uchun Milliy gvardiya zobitlari hamda "Qalqon" jamoatchilik guruhi jalb qilingan.

Guliston davlat universitetida abituriyentlardan alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat yo‘nalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 11.07.2026-yil sanasiga qadar (shu kuni ham) o‘tkazilishi belgilangan.


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Studentmisiz?